1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryodagi bozorda yong‘in bo‘ldi

Yong‘inni o‘chirishga salkam ikki soat vaqt ketgan.

Surxondaryodagi bozorda yong‘in bo‘ldi

 

31 may kuni soat 05:11 da Sho‘rchi tumani “Bobotog‘” mahallasi Mustaqillik ko‘chasida joylashgan ikki qavatli aralash mollar savdo do‘konining 2-qavati 85 kvadrat metr maydonida yong‘in sodir bo‘lgan va binoning shift qismi yongan.

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan maʼlumot berdi.

 

Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 05:14 da yetib borib, yong‘in soat 05:19 da qurshab olingan va soat 06:40 da batamom o‘chirilgan.

 

Yong‘in qutqaruvchilarining saʼy-harakatlari natijasida binoning 1-qavati hamda 200 kvadrat metr joyi saqlab qolingan. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar organlari masʼullari va boshqa mutasaddilar yetib borgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

 

Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика