1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryolik ayol o‘zi va ikki  farzandini o‘ldirmoqchi bo‘ldi

Voqea viloyatning Muzrabot tumanida sodir bo‘lgan. Ayol o‘zi va farzandlarini suvga tashlamoqchi bo‘lgan.

Surxondaryolik ayol o‘zi va ikki  farzandini o‘ldirmoqchi bo‘ldi

 

Joriy yiling 20-oktabr kuni soat 9 :30 atrofida ayol mudhish niyatini amalga oshirish maqsadida “Zang” kanali bo‘yiga keladi. Oiladagi muammolar Dilnozani ana shunday mudhish jinoyatga undaydi. Lekin uning niyati amalga oshmay qoladi.

Yaqin atrofni nazorat qilib yurgan ichki ishlar xodimi  Bobomurod Arnoqulov ayolning harakatlaridan shubhalanib, uning yoniga boradi, maqsadini bilgach, vaziyatni yumshatishga, bunday ishni qilmaslikka daʼvat qiladi. Ana shundan so‘ng ayol bu fikridan qaytadi.

Qayd etilishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq, o‘z joniga qasd qilishga moyil va ruhiyatida o‘zgarish bo‘lgan o‘quvchi qizlarning ro‘yxati shakllantirlishi haqida xabar bergandik.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика