Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida maktab o‘quvchisi 2,4 mln dollar grant yutib oldi.
Termiz shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Behruzbek Eshdavlatov o‘ziga xos rekord o‘rnatib, 33 ta nufuzli oliygoh talabasi bo‘lish imkoniyati va umumiy miqdorda 2 mln 360 ming 200 dollarlik grand sohibiga aylandi.


