Surxondaryo viloyatining ayrim hududlarida paxta-yig‘im terimi boshlandi. Bu haqida Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar qildi. Jumladan, “Qoraxon paxtakori” fermer xo‘jaligiga qarashli 14 gektar maydonni egallagan hududda 60 sxemada “Buxoro 102” navi ekilgan. Bu yerda gektaridan 50 sentnerdan hosil olish ko‘zda tutilgan.
“Mazkur hududda agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilgani, g‘o‘zaning vegetatsiya davrida alohida nazorat olib borilgani va ularning aprobatsiyasi to‘g‘ri va o‘z muddatida amalga oshirilgani o‘z natijasini ko‘rsatgan”, - deyiladi vazirlik xabarida.


