1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Suv toshqinlariga chek qo‘yishga jiddiy kirishildi

Poytaxt hokimligi drenaj tizimini yaxshilash uchun katta mablag‘ ajratmoqchi.

Suv toshqinlariga chek qo‘yishga jiddiy kirishildi

 

Toshkent shahrining drenaj tizimini yaxshilash uchun 700 million so‘m ajratiladi. Bu haqda poytaxt hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov imzolagan qarorda belgilab qo‘yildi.

 

«Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimidagi Drenaj va kollektorlarni taʼmirlash va saqlashga ixtisoslashtirilgan boshqarmasiga Toshkentda yog‘ingarchilik davrida suv toshishi kabi holatlar oldini olishi maqsadida drenaj va kollektorlarni taʼmirlash va beton quvur yotqizish ishlari bilan bog‘liq xarajatlar uchun 700 million so‘m ajratiladi», — deyiladi qarorda.

 

Qarorga muvofiq bu pullar mahalliy byudjetning zaxira mablag‘lari hisobidan ajratiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 5 apreldagi yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev yog‘ingarchilik paytida shaharlarning drenaj tizimi yomon ahvolga kelib qolayotganini jiddiy tanqid qilib, Qurilish vazirligi va Toshkent shahri hokimligiga ikki hafta muddatda ushbu masalaning yechimi bo‘yicha dastur qabul qilish va amalga oshirish topshirilgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика