Abduraxmanov Dilmurod Xolyigitovich viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Dilmurod Abduraxmanov bunga qadar Sayxunobod tumanidagi “Politeks Sirdaryo” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi to‘qimachilik klasteri rahbari sifatida faoliyat yuritgan.


