Yaqin kunlarda tadbirkorlik subyektlariga soliq majburiyatlarini bajarishda qo‘shimcha qulaylik va yengilliklar berishga qaratilgan normativ hujjat qabul qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tadbirkorlik subyektlaridan “E-aktiv” axborot tizimida ishlash yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda.
Soliq qo‘mitasi va qo‘mita huzuridagi Jamoatchilik kengashida o‘tkazilgan muhokamada berilgan taklif va yechimlarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga “E-aktiv” axborot tizimida soliq hisobi bilan bogʼliq operatsiyalarni ixtiyoriy aks ettirish tartibining amal qilish muddatini 2024 yil 1 yanvargacha uzaytirish to‘g‘risida taklif kiritilgan.


