1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Tadbirkorlarning soliq hisobotini muddatida taqdim etmaganligi uchun moliyaviy sanksiyalar qo‘llash bekor qilinadi

“Soliq majburiyatlarini bajarishda tadbirkorlik subyektlariga yana-da qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Tadbirkorlarning soliq hisobotini muddatida taqdim etmaganligi uchun moliyaviy sanksiyalar qo‘llash bekor qilinadi

 

 

Farmonga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvardan:

 

·         kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha aniqlangan huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilmaydi;

·         tadbirkorlar tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi.

 

2022 yil yanvar – iyul oylarida eksperiment tariqasida Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasida hisobda turgan soliq to‘lovchilarning qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha soliq hisobotlari hisoblab chiqariladi va shakllantirib beriladi.

 

Shuningdek, 2022 yil 1 yanvargacha soliq to‘lovchilarga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i va aylanmadan olinadigan soliqni hisoblash uchun zarur bo‘lgan soliq solish obyekti yoki soliq solish bilan bog‘liq boshqa obyektlarni elektron hisobvaraq-fakturalarda aks ettirish imkoniyatlari yaratiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) maʼmuriyatchiligini takomillashtirishga doir qarorni imzolagani hamda Prezident tadbirkorlar bilan uchrashganda kelgusi yil 1 yanvardan boshlab, soliq idoralari o‘z elektron dasturlari orqali, biznes subyektlariga hisobotlarini shakllantirish xizmatini yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi.

 

 

Bahriniso Madumarova tayyorladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика