1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Tadbirkorlik subyektlarining bo‘sh turgan binolariga nisbatan QQS va foyda solig‘ini to‘lash amaliyoti bekor qilinadi

Shuningdek, soliq kodeksiga bir qator boshqa o`zgartirishlar ham kiritilmoqda

Tadbirkorlik subyektlarining bo‘sh turgan binolariga nisbatan QQS va foyda solig‘ini to‘lash amaliyoti bekor qilinadi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida "Soliqni hisoblab chiqarish tartibining ayrim qoidalari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

 

Ushbu qonun loyihasi bilan soliq kodeksining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda. Xususan, kodeksning 461 va 462–moddalariga o‘zgartirishlar kiritish orqali, tadbirkorlik subyektlarining bo‘sh turgan binolari, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari shuningdek, qurilishi tugallanmagan obyektlariga nisbatan soliq stavkasini oshirish tarzidagi taʼsir choralari qo‘llanilmasligi munosabati bilan ushbu toifadagi soliq to‘lovchilarni majburiy tarzda qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tkazish amaliyoti bekor qilinmoqda.

 

Shuningdek, 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda esa elektrotexnika tarmoq korxonalarining ixtisoslashtirilgan markazlarining obyektlari va ular egallagan yer uchastkalari bo‘yicha mol-mulk va yer soliqlarini hisoblangan summadan 1 foiz, ijtimoiy soliqni ham 1 foizli stavka bo‘yicha to‘lashi nazarda tutilyapti.
 

Qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика