1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tailand ko‘rfazida kema cho‘kib ketdi

U kuchli bo‘ron zarbiga uchragan.

Tailand ko‘rfazida kema cho‘kib ketdi

 

Tailand qirollik dengiz flotining «Sukhothai» kemasi Tailand ko‘rfazida bo‘ron paytida cho‘kib ketdi. Uning bortida 106 nafar harbiy xizmatchi bo‘lgan. 75 kishi qutqarilgan, biroq 31 dengizchi hamon bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida.

 

Bo‘ron paytida kema egilib, ichiga katta miqdorda suv to‘plangan. Shundan so‘ng asosiy bloklarning elektr taʼminotida qisqa tutashuv yuzaga kelgan va dvigatellar o‘chirilgan. Elektr taʼminotidagi uzilishdan so‘ng ekipaj kemani qutqarishga harakat qilgan, biroq kema yonboshiga yiqilib cho‘kib ketgan.

 

Falokat hududiga harbiy-dengiz kuchlarining uchta kemasi va vertolyotlar yordamga jo‘natilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика