1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tailand va Kambodja orasida yangi urush avj olmoqda

Tailand bosh vaziri Kambodja bilan chegaradagi vaziyatning keskinlashuvi bo‘yicha muzokaralardan voz kechdi.

Tailand va Kambodja orasida yangi urush avj olmoqda

 

Tailand armiyasi BBCga bergan ma’lumotiga ko‘ra, yakshanba kuni Kambodja hududidan amalga oshirilgan hujum oqibatida ikki nafar tailandlik askar halok bo‘lgan, yana to‘rt kishi yaralangan. Tailand harbiylari bunga javoban chegara yaqinidagi bir nechta harbiy obyektlarga havo zarbalari yo‘llaganini bildirgan. Bundan tashqari, ular dushanba kuni Kambodja tomonidan qurol yetkazib berish uchun tashkil etilgan tarmoqni yo‘q qilganini ma’lum qilgan.

 

Kambodja esa o‘z harbiylari Tailand tomoniga hujum qilganini rad etmoqda. Rasmiyning aytishicha, mojaro birinchi bo‘lib Tailand tomonidan boshlangan, kambodjalik qo‘shinlar esa javob choralarini ko‘rmaslikka harakat qilgan. Chegara atrofidagi nizo uzoq yillardan beri davom etib keladi va bu yilning iyul oyida ham bir necha kunlik jiddiy to‘qnashuvlar kuzatilgan edi. O‘shandan so‘ng tomonlar Malayziya vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imzolagan.

 

Mojaroni yumshatish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarga AQSh prezidenti Donald Tramp ham qo‘shilgan: u ikki davlat rahbarlariga qo‘ng‘iroq qilib, janglar to‘xtatilmasa yirik savdo bojlarini joriy etish bilan ogohlantirgan. Oktyabr oyida Tramp Malayziyaga tashrif buyurib, Tailand va Kambodja o‘rtasida imzolangan tinchlik deklaratsiyasida ishtirok etgan. Shunga qaramay, Tailand bosh vaziri Anutin Charnvirakul chegara masalasida muzokaralar olib borishdan bosh tortib, “endi faqat Tailand talablariga amal qilingandagina jangovar harakatlar to‘xtatilishi mumkin”, deya bayonot bergan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика