1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tailandda sobiq politsiya xodimi bog‘chada 34 kishini otib tashladi

Hujumchining o‘zi otishmadan keyin uyiga borib, xotini va bolasini ham otib o‘ldirgan. So‘ngra o‘z joniga qasd qilgan.

Tailandda sobiq politsiya xodimi bog‘chada 34 kishini otib tashladi

 

Politsiya bayonotida aytilishicha, qurbonlar orasida kattalar qatori 22 nafar bola ham bor. 

 

Politsiya polkovnigi xabariga ko‘ra, qurolli shaxs ommaviy otishmadan keyin uyiga borib, xotini va bolasini o‘ldirgan.

Avvalroq politsiya otishma sodir etgan shaxsni qidirish ishlari boshlangani, hukumat vakili esa bosh vazir jinoyatchini qo‘lga olish uchun barcha idoralarni ogohlantirganini aytgan.

Ommaviy otishmalar Tailandda kamdan-kam uchraydi. Garchi qurolga egalik darajasi mintaqadagi boshqa mamlakatlarga nisbatan yuqori bo‘lsa ham noqonuniy qurollar keng tarqalgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика