1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Talaba bo‘lganimda ikkita joyda ishlardim — Shavkat Mirziyoyev

Prezident videoselektor yig‘ilishida o‘zining talabalik yillarini yodga oldi.

Talaba bo‘lganimda ikkita joyda ishlardim — Shavkat Mirziyoyev

 

Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida o‘zining yoshlik yillarini yodga oldi. 

 

“Men o‘zim talaba bo‘lganimda ikkita joyda ishlar edim. Bizda “voyennaya kafedra” bor edi va nasoslarni “regulirovka” qilish bo‘yicha. Hozirgacha esimdan chiqmaydi, ikkita joyda yaxshi oylik olar edim. 56 so‘m bitta kafedradan, 42 so‘m bitta kafedradan”, — degan prezident.

 

Shuningdek, Prezident maqsadga erishish uchun izlanish va mehnat qilish kerakligini aytib o‘tgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика