1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Talabalar turar joyiga bo‘lgan ehtiyojni belgilash imkoniyati yaratiladi

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasi eʼlon qilindi.

Talabalar turar joyiga bo‘lgan ehtiyojni belgilash imkoniyati yaratiladi

 

Abituriyentlarga davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga hujjat topshirish jarayonida talabalar turar joyiga bo‘lgan ehtiyojini belgilash imkoniyati yaratiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasi eʼlon qilindi.

 

Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan hujjatga ko‘ra, 1-sentabrdan boshlab davlat OTM talabalariga ijara to‘lovining bir qismini davlat byudjeti hisobidan qoplab berishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.

 

Bilim va malakani baholash agentligi tomonidan 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab abituriyentlar uchun o‘qishga hujjat topshirish jarayonida talabalar turar joyiga bo‘lgan ehtiyojini belgilash imkoniyati yaratiladi.

 

2023-2024 o‘quv yilidan boshlab talabalar yotoqxonaga joylashish uchun faqat davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика