1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Talabalar uchun yangi davlat stipendiyasi taʼsis etiladi

U 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab beriladi.

Talabalar uchun yangi davlat stipendiyasi taʼsis etiladi

 

Tarix va geografiya yo‘nalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi taʼsis etiladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar berildi.

 

Qayd etilishicha, kecha, 25-yanvar kuni “Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobiZahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” i Prezident qarori qabul qilingan.

 

Qarorga ko‘ra, “Zahiriddin Muhammad Bobur merosining Sharq davlatchiligi va madaniyati rivojida tutgan o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman o‘tkaziladi. “Bobur merosi” xalqaro sayyohlik targ‘ibot dasturi amalga oshiriladi.

 

Zahiriddin Muhammad Boburning bolalik davriga bag‘ishlab suratga olinayotgan “Yo‘lbarsning tug‘ilishi” badiiy filmini yakuniga yetkazish choralari ko‘riladi.

 

Shuningdek, quyidagilar chop etiladi:

—o‘zbek, rus va ingliz tillarida Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga doir “Bobur ensiklopediyasi”Ning to‘ldirilgan uchinchi nashri;

—“Bobur” kitob-albomi;

—Bobur asarlari lug‘ati;

—Bobur devonining mukammal nashri.

 

2023/2024 o‘quv yilidan OTM talabalari uchun tarix va geografiya yo‘nalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi taʼsis etiladi.

 

2023 yil 1 avgustgacha o‘zbek, rus, ingliz tillarida faoliyat yuritadigan xalqaro ilmiy boburshunoslik elektron platformasi va uning mobil ilovasi yaratiladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика