Prezident qarori bilan 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab talabaning taʼlim yo‘nalishiga mos startap loyihasi hamda ratsionalizatorlik g‘oyasini bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertasiyasi sifatida himoya qilish amaliyoti joriy etiladi.
Qayd etilishicha, hujjatga muvofiq agar talabada biror startap yoki ratsionalizatorlik g‘oyasi bo‘lsa, unga yana qayta diplom ishi yozish talabi qo‘yilmaydi.
Maʼlumot uchun, startap — endigina boshlanayotgan, ishga tushirilayotgan innovatsion loyiha demakdir. Ratsionalizatorlik g‘oyasi — texnika vositalari, ishlab chiqarish texnologiyasi, mashina detallari, tayyor mahsulot va boshqalarni takomillashtirishga doir yangi texnik yechim va taklif.


