1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Talabalarni yotoqxonaga joylashtirish tartibi o'zgartirildi

Yangi o‘quv yilidan boshlab talabalarni yotoqxonaga joylashtirish faqat davlat xizmatlari markazlari va my.gov.uz orqali amalga oshiriladi.

Talabalarni yotoqxonaga joylashtirish tartibi o'zgartirildi

 

Hukumat qarori bilan davlat oliy taʼlim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

 

Qarorga ko‘ra davlat OTM talabalar turar joyiga joylashish faqat davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron ariza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

 

Bunda talabalarga navbatni onlayn kuzatish va to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. Talabalar bilan tuziladigan turar joy ijara shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali masofadan turib biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) texnologiyasi orqali onlayn hisobga qo‘yiladi.

 

Qaror bilan 2023/2024-o‘quv yilida 1-kurs talabalari uchun davlat OTM talabalar turar joyiga joylashish davlat xizmati markazlari va my.gov.uz orqali bepul elektron ariza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Arizalar 20 avgustdan qabul qilinadi.

 

Qayd etilishicha, 2-kurs va undan yuqori kurs talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish anʼanaviy tarzda amalga oshiriladi. Bunda yotoqxonaga joylashish uchun ariza OTM talabalar turar joylariga joylashtirish komissiyasiga 2023-yil 25-avgustgacha topshiriladi.

 

Barcha kurs talabalari uchun davlat OTM yotoqxonasiga joylashish 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab onlayn amalga oshiriladi. Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish har yili 1-avgustdan boshlanib, o‘quv yili yakunigacha davom etadi.

 

Reglamentga muvofiq, ayrim toifadagi talabalar yotoqxonaga ustuvorlik asosida qabul qilinadi. Shunga ko‘ra, talabalar turar joyiga joylashish uchun yo‘llanma dastlab imtiyozli ro‘yxat, so‘ng umumiy ro‘yxatdagi navbat bo‘yicha avtomatik shakllantiriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика