Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining raqamlashtirishga masʼul mutaxassislari ishtirokida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni raqamlashtirish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va yangi xizmatlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Unda quyidagi elektron xizmatlarni tez orada ishga tushirishga kelishib olingan:
- Maktab o‘quvchilarni 1-sinfga onlayn qabul xizmati
- O‘quvchilarni maktabdan maktabga onlayn ko‘chirish xizmati
- Elektron shahodatnomani yuklab olish xizmati
- Talabalarni yotoqxonaga onlayn joylashish xizmati
- Talabalarga taʼlim kreditini onlayn ajratish xizmati va boshqalar.


