Ishchi guruh tarkibiga Prezident Administratsiyasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Xalq qabulxonalarining masʼul xodimlari, 13 ta respublika vazirlik va idoralari hamda viloyat, tuman va shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari jalb etilgan.
O‘tgan davr mobaynida hududda aholi uchun dolzarb bo‘lib turgan muammolarni hal etish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, yo‘l, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holatini yaxshilash maqsadida ichki yo‘llarning jami 260,8 km qismi taʼmirlandi. Shundan, 173,7 km yo‘lga shag‘al (shu jumladan, 12 ta og‘ir mahallada 73,6 km) yotqizildi, 5,7 km yo‘l betonlashtirildi, 81,4 km yo‘l asfalt qilindi.

Aholini ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasini yaxshilash maqsadida 13,6 km ichimlik suvi tarmog‘i tortildi, 3 ta tik quduq (skvajina) qayta tozalandi, 1 dona suv minoralari o‘rnatildi, 38 ta suv nasoslari taʼmirlanib qayta o‘rnatildi va 12 ta suv nasoslari yangilandi.
Aholiga qo‘shimcha 5 649 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. 16 985 ta aholi xonadonlaridagi gaz jihozlari texnik ko‘rigi tashkil etildi, 262 ta gaz taqsimlash punktlarida mukammal taʼmirlash va diagnostika ishlari amalga oshirildi, 173 ta yangi gaz ballon yetkazib berildi, 29,6 km gaz quvurlari havo bosimi ostida tozalandi va sinovdan o‘tkazildi, 32,8 km gaz quvurlari tartibga keltirildi.

Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 126 ta transformator punktlari mukammal taʼmirlandi, 361,7 km elektr uzatish tarmoqlari joriy taʼmirlandi, 22,6 km yangi elektr uzatish tarmoqlari tortildi,136 km elektr uzatish tarmoqlari daraxt shoxlaridan tozalandi va 60 ta temir-beton ustunlar o‘rnatildi.


Viloyatida o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklar natijasida 201 618 nafar fuqarolar qamrab olindi, 70 116 nafar fuqaroda turli kasalliklar aniqlangan bo‘lib, 1 254 nafari (20 nafari Respublika va 1 234 nafari viloyat, shahar, tuman miqyosidagi) shifoxonalarga yotqizildi va 69 094 nafar fuqaroga ambulator sharoitda davolanish yuzasidan tavsiyalar berildi. Oilaviy poliklinikalarda 156 178 nafar bemorlarga bepul dori-darmon tarqatildi.
Ishlar davom etmoqda.


