1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Tangem” G‘azodagi bolalar uchun 38 ming dollardan ortiq xayriya qildi

Bu haqda Koreya Qizil xoch tashkiloti xabar bermoqda.

“Tangem” G‘azodagi bolalar uchun 38 ming dollardan ortiq xayriya qildi

 

Janubiy koreyalik aktrisa, o‘zbek tomoshabinlariga «Saroy javohiri» serialida “Tangem” obrazi bilan tanish bo‘lgan Li Yong E Yaqin Sharq mojarosida jabrlangan bolalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 50 million von (taxminan 38,4 ming AQSH dollari) xayriya qildi. Bu haqda Koreya Qizil xoch tashkiloti xabar bermoqda. 

 

"BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (UNOCHA) bergan maʼlumotga ko‘ra, 20 noyabr holatiga G‘azo sektorida halok bo‘lgan 11 078 kishining 4 506 nafari bolalardir. Infratuzilmaning buzilishi va insonparvarlik yordamiga cheklovlar tufayli qurbonlar soni ortmoqda", – deyiladi Koreya Qizil xoch tashkiloti xabarida.

 

Yong E tomonidan qilingan xayriya pullar jabrlangan hududlardagi bolalarga tibbiy yordam va Xalqaro Qizil Xoch harakati orqali insonparvarlik yordami yetkazib berish kabi ishlarga sarflanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика