1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Taniqli aktyor Kaliforniya tog‘larida yo‘qolib qoldi

U deyarli bir haftadan beri qidirilmoqda.

Taniqli aktyor Kaliforniya tog‘larida yo‘qolib qoldi

 

“Jangchi” va “Las-Vegasni tark etish” filmlaridagi rollari bilan tanilgan 65 yoshli britaniyalik aktyor Julian Sends Janubiy Kaliforniyadagi San-Gabriyel tog‘ tizmasida sayr qilish chog‘ida g‘oyib bo‘ldi.

 

Sands 13 yanvar kuni kechqurun bedarak yo‘qolgan. Uning oilasi aktyor Boldi tog‘i hududida (Los-Anjelesdan 80 kilometr uzoqlikda) sayrga chiqqani va qaytib kelmagani haqida xabar bergan. Yaqin oradan Sandsning mashinasi topilgan.

 

14 yanvar kuni qutqaruvchilar ob-havo sharoiti va qor ko‘chkisi xavfi tufayli aktyorni qidirishni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Mahalliy hokimiyat organlari qidiruv hududiga vaqti-vaqti bilan vertolyotlar va dronlarni jo‘natib turibdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика