1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Taniqli shoir Erkin Samandar vafot etdi

U 89 yoshda edi.

Taniqli shoir Erkin Samandar vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir, nosir va dramaturg Erkin Samandar vafot etdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.

 

Erkin Samandar 1935 yilning 22 martida Xorazm viloyatining Xonqa tumanidagi Navxos qishlog‘ida dunyoga kelgan. 1957 yili viloyat Pedagogika institutini, 1967 yili O‘zFA Til va adabiyot institutining aspiranturasini tamomlagan. O‘zbekiston televideniyesi “Yoshlik” studiyasining bosh muharriri, adabiy-dramatik eshittirishlar dasturining bosh muharriri, “Xorazm haqiqati” viloyat gazetasining muharriri vazifalarida faoliyat ko‘rsatgan.

 

Erkin Samandar “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist (1990) faxriy unvoni va “Do‘stlik” (2015) ordeniga sazovor bo‘lgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика