1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Taniqli yulduzlarning o‘ziga xos soch turmaklari

Nimaga futbolchilar tez-tez soch turmaklarini o‘zgartirib turishadi?

Taniqli yulduzlarning o‘ziga xos soch turmaklari

 

Jahon futbol yulduzlari o‘zlarining yorqin o‘yinlari bilan bir qatorda ajoyib soch turmaklari bilan ham ommani o‘ziga qaratib keladi. Bu holat ularning doim muxlislari e’tiborida bo‘lishini ta’minlaydi. Soch turmagi orqali ham katta muvaffaqiyatlarga erishgan sport yulduzlari ham oz emas. 


Deyarli barcha taniqli futbol yulduzining shaxsiy sartaroshi va stilisti bor. Shu tariqa ular soch turmaklarini tez-tez o‘zgartirib turishadi. Biz bugun ajoyib va antiqa stilga ega bo‘lgan futbolchilar haqida gapirib bermoqchimiz.

 

2020 yilning boshida «PSJ» futbolchisi yangi soch turmagi bilan maydonga tushdi. Futbolchi sochini birinchi marta bo‘yayotgani yo‘q edi. Biroq bu safar pushti rangdagi soch turmak barchani diqqatini o‘ziga qaratdi. Futbolchining bu qarori bilan jurnalist, fotograf va muxlislarning e’tiborini o‘ziga tortdi.

 

Ronaldoning kulgili soch turmagi

 

O‘zgarishlardan qo‘rqmaydigan yana bir braziliyalik futbolchi Ronaldo 2002 yilgi Jahon chempionatida yorqin va ochig‘ini aytganda, biroz kulgili soch turmagi bilan barcha muxlislarni hayratda qoldirdi.

 

Ronalduning soch turmagi ishqibozlar orasida ko‘plab hazillarga sabab bo‘ldi. Biroq futbolchi o‘zining ajoyib o‘yini bilan tanqidchilarning og‘zini yopdi. U turnirning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Shundan so‘ng Braziliya terma jamoasi beshinchi bor orzu qilingan kubokni boshi uzra ko‘tardi.

 

Boshiga ismi yozilgan Pol Pogba

 

Fransiyalik futbolchi Pol Pogba har doim yorqin ranglarni tanlash qobiliyati bilan mashhur bo‘lgan. U futbol maydonida golli vaziyatlar yaratishdan ko‘ra ko‘proq soch turmagini o‘zgartiradi. Aynan mana shu uslub va xarizma fransuzga muxlislar e’tiborini qozonishga imkon beradi.

 

Pogba nafaqat sochlarini har xil ranglarda bo‘yaydi, balki ko‘pincha chakkalariga naqsh soladi. Futbolchi u yerda bir necha bor o‘z ismining bosh harflarini tasvirlagan.    

       

Mikki sichqoncha nomli Fellayni

 

2018 yilning mart oyida futbolchi Fellayni o‘zining mashhur afro sochi bilan tajriba o‘tkazib, muxlislarni lol qoldirdi. Belgiyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga yangi qiyofadagi suratni joylashtirganda, u “GQ Style” jurnalida suratga olish uchun imidjini o‘zgartirgani ma’lum bo‘ldi. Stilistlar Maruanning sochlarini ikkita katta hajmli to‘plamga yig‘ib, bordo rangga bo‘yashadi. Shundan so‘ng yarim himoyachining yangi soch turmagi uni mashhur multfilm qahramoni Mikki Mausga o‘xshatib qo‘yadi.    

           

1998 yilda Ruminiya terma jamoasining ommaviy harakati

 

1998 yilgi jahon chempionatining guruh bosqichida Ruminiya terma jamoasi to‘liq tarkibda jamoaviy harakat nima ekanligini ko‘rsatadi. Futbolchilar muvaffaqiyatlarini uzaytirish va yuqoriroq natijaga erishish uchun sochlarini oq rangga bo‘yashga qaror qilishadi. Biroq, ommaviy harakat muvaffaqiyatli bo‘lmadi. Ruminiya terma jamoasi guruhdagi so‘nggi o‘yinni Tunis bilan o‘tkazib, zo‘rg‘a durangga erishadi. Hamda pley-offning birinchi bosqichida Xorvatiyaga imkoniyatni boy berib, turnirni tark etadi.

 

Ivan Perishichning vatanparvarligi

 

Xorvatiya terma jamoasi yetakchilaridan biri Ivan Perishich 2016 yilda Yevropa chempionati 1/8 finali doirasida Portugaliyaga qarshi o‘yin oldidan o‘ziga xos soch turmagi yasagan edi. “Bavariya” futbolchisi sochini Xorvatiyaning mashhur qizil-oq ranglariga bo‘yaydi. Balki bu Krishtianu Ronalduning o‘yiniga qaysidir jihatdan ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan omillardan biri bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

 

Fredrik Ljungberg — pank-musiqachisi

 

Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi sifatida ishlagan shvesiyalik futbolchi Fredrik Lyungberg maydonda ajoyib o‘yin o‘tkazmadi. Biroq, uning pushti-binafsha rangdagi pank-musiqachi uslubidagi soch turmagi, juda ko‘pchilik futbol ishqibozlari tomonidan esga olinadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика