1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

"Tanishaylik, men Charosman"

Telegram‘da qiz bola nomidan sahifa ochib tovlamachilik qilgan yigit ushlandi.

"Tanishaylik, men Charosman"

 

Kiberxavfsizlik markazining xabar berishicha, Sirdaryo viloyat IIBga 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro O.Sh. ariza bilan murojaat qilib, o‘ziga nisbatan tovlamachilik qilayotgan qizga chora ko‘rishni so‘ragan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar qildi.



Maʼlum bo‘lishicha, O.Sh.Telegram‘dagi tanishuv guruhlarida “Charos” ismli qiz bilan tanishib, keyinchalik u bilan dugona bo‘lgan. “Charos”ga boshqalar ko‘rishi mumkin bo‘lmagan fotosuratlarini jo‘natgan. Shundan so‘ng “Charos” u yuborgan rasmlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan qo‘rqitib, fuqarodan 15 million so‘m berishni talab qilgan.

 

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida o‘zini “Charos” deb tanishtirgan foydalanuvchi aslida yigit bo‘lib, u muqaddam Jinoyat kodeksining 166-modda 2-qismi bilan sudlangan, Sirdaryo tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan T.B. ekani aniqlangan. Qayd etilishicha, T.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика