Tanzaniya yo‘lovchi samolyoti Bukoba qirg‘og‘iga qo‘nayotganda Viktoriya ko‘liga qulab tushdi. Samolyot bortida 43 kishi bo‘lgan, ulardan kamida 19 nafari halok bo‘lgan.
Avvalroq favqulodda vaziyatlar xizmati 26 kishini, jumladan 2 nafar uchuvchini qutqargani xabar qilingandi.
Biroq keyinroq mamlakat bosh vaziri uchuvchilar olgan jarohatlari tufayli halok bo‘lganini maʼlum qildi.
Precision Air aviakompaniyaning ATR 42 yo‘lovchi o‘rta masofali samolyoti Tanzaniyaning eng yirik shahri Dar-es-Salamdan Mvanza orqali Bukobaga uchayotgan bo‘lgan.
Hodisaga yomon ob-havo sabab bo‘lgan, biroq voqea sodir bo‘lganidan keyin yomg‘ir to‘xtab, qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borgan.
Voqea sodir bo‘lganidan keyin samolyot butunlay suvga botgan va faqat orqa qismi suvdan chiqib qolgan.


