1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Tanzila Narbayeva BMT konferensiyasida qatnashdi

Senat Raisi o‘z nutqida global ziddiyatlar, oziq-ovqat va energetika xavfsizligi tahdidlari, iqlim o‘zgarishining fojiaviy oqibatlariga to‘xtalib o‘tgan.

Tanzila Narbayeva BMT konferensiyasida qatnashdi

 

Qatarning Doha shahrida BMTning kam rivojlangan mamlakatlar (KRM) bo‘yicha yuqori darajadagi 5-konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

 

Xalqaro yordamga eng muhtoj bo‘lgan kam rivojlangan mamlakatlarda o‘z salohiyatini to‘liq ishga solish orqali barqaror rivojlanishni jadallashtirishga qaratilgan anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etdi. 

 

Hozirgi vaqtda 46 mamlakat kam rivojlangan mamlakatlar toifasiga kiritilgan, ulardan 33 tasi Afrika davlatlari hisoblanadi. Ushbu ro‘yxat aholi jon boshiga yalpi milliy daromad, inson taraqqiyoti indeksidagi o‘rni, iqtisodiy va ekologik zaiflik indeksidagi o‘rni kabi mezonlar asosida har yili yangilanadi.

 

Doha konferensiyasi ishtirokchilari 2011 yilda qabul qilingan Istanbul harakatlar dasturi qoidalarini baholash, kam rivojlangan mamlakatlarni xalqaro qo‘llab-quvvatlash va bu jarayonga qo‘shimcha harakatlarni jalb etish masalalarini muhokama qilmoqda. Shuningdek, kam rivojlangan mamlakatlar va ularning rivojlanish bo‘yicha hamkorlari o‘rtasida tarkibiy rivojlanish muammolarini va qashshoqlikni bartaraf etish, xalqaro miqyosda kelishilgan barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va kam rivojlangan mamlakatlar toifasidan chiqishni taʼminlashga eʼtibor qaratilmoqda.

 

Anjumanda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva COVID pandemiyasi, tobora keskinlashib borayotgan global ziddiyatlar, oziq-ovqat va energetika xavfsizligi tahdidlari, iqlim o‘zgarishining fojiaviy oqibatlari Barqaror rivojlanish maqsadlarining to‘liq bajarilishini yana-da qiyinlashtirayotganiga urg‘u berdi. Shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, kam rivojlangan mamlakatlarning sanoat va xizmatlar tarmoqlariga kiritilayotgan investitsiyalar hajmini keskin ko‘paytirish, bu borada YUNKTAD va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda investitsiya loyihalarining yagona bazasini va onlayn-xaritasini shakllantirish, ularning taqdimotlarini dunyo miqyosida muntazam o‘tkazib borish, muhtoj davlatlar tashqi bozorlarga chiqishida zamonaviy standartlar, karantin va sanitariya talablarini bajarish, elektron savdo tizimlarini rivojlantirishda har tomonlama amaliy ko‘mak berish, kam rivojlangan mamlakatlarni arzon va sifatli qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash kabi takliflarni ilgari surdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика