1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Tarbiyachi tarbiyalimi?

So‘nggi vaqtlarda zamonaviy “bog‘cha opalar”ning tarbiyalanuvchi bolajonlarni qo‘rqitib, “trendga” chiqayotgan gap-so‘zlari anchagina bolalab qoldi.

Tarbiyachi tarbiyalimi?

 

Aslida, aksariyat maktabgacha taʼlim tizimida ishlayotgan xodimlarning o‘zlari qay darajada tarbiyali degan savol tug‘iladi.

 

Ijtimoiy tarmoqlar, Youtube kanallarida aylanib qoladigan sharmandali holatlarga bir necha bor guvoh bo‘lganmiz.   

 

Yaqinda ham bayram arafasida xuddi shunday holatga o‘xshash “sveji” videoxabarlar internetni “portlatdi”.

 

Ushbu videoda tarbiyachi ayol bolalarga qo‘pol muomala qilayotganini ko‘rish mumkin. Voqea Namangan viloyati Chust tumani "Xisorak" MFY 43-sonli "G‘unchaoy" bog‘chasida sodir bo‘lgani  aytilgan. 

 

Baxtga qarshi, bunday jarayonlarning keti uzilmayapti. Yoki qonunda belgilangan tarzda chora ko‘rilmagani sabab, “bog‘cha opalar”ning burni “osmonda”.

 

Bundan tashqari, bolalar haqini o‘g‘irlayotgan, ularni vijdonsizlarcha o‘z farzandiga yedirayotgan bog‘cha mudiralari va xodimlari ham talaygina.

 

Yaqin tarixga nazar solsak, “Surxondaryoda bog‘cha bolasiga baqirgan bog‘cha opa ishdan bo‘shatildi” nomi ostida tarqalgan xabarlarga ko‘ra, bolalarni devorga tik turg‘azib, ularni “samosud” qilgan tarbiyachining vajohati nafaqat yosh bola, balki katta odamlarni ham dahshatga soladi! 

 

Ayol – Ona! Nazokat timsoli! Shunday  nozik xilqat jajji bolajonlarining  beg‘ubor bolalik xotiralarini puchga chiqarib, nafaqat taʼlim, tarbiya ham berishga masʼul bo‘la turib, bunday johillik sari borishiga nima majbur qilishi mumkin!?

 

Muhimi,  insoniy fazilatlarimizga darz ketmasa bo‘lgani.

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика