1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston / 
  4. Tarkibida narkotik modda bo'lgan anor sharbatlari to'xtatib qolindi

06:23 / 05.05.2023

1.0k

Tarkibida narkotik modda bo'lgan anor sharbatlari to'xtatib qolindi

Tarkibida narkotik modda bo'lgan anor sharbatlari to'xtatib qolindi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

Surxondaryoda O'zbekistonga sintetik giyohvandlik vositalarining yashirin ravishda olib kirilishining oldi olindi, deya xabar bermoqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

“Ayritom” chegara bojxona postiga 9000 dona plastik idishlarga qadoqlangan 18 tonna anor sharbati ortilgan yuk mashinasi kirib kelgan. Yuklar “qizil” yo‘lakka yo‘naltirilib, ko‘rikdan o‘tkazilganda ayrim anor sharbati idishlariga “M” harfi belgisi tushirilgani, aynan shu idishlardagi sharbatning ranggi ham boshqalaridan biroz farq qilishi shubha uyg‘otgan. Idish og‘zidagi himoya qatlamlari ham muqaddam ochilgani maʼlum bo‘lgan

Giyohvandlik vositalarini tezkor aniqlashga xizmat qiluvchi sinama ko‘magida ushbu sharbat tekshirib ko‘rilganida, uning tarkibida metamfetamin nomli sintetik giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.

 

«Aynan „M“ harfi tushirilgan sharbatlar сони 48 dona bo‘lib, idishi bilan hisoblaganda ularning umumiy og‘irligi 103 kilogrammni ташкил qildi. Yuklar Toshkent shahridagi maʼsuliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga yuborilayotgan bo‘lgan», — deyiladi xabarda.

Hozirda holat yuzasidan божхона organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика