Iqtisodiyot va moliya vazirligining xabar berishicha, Tashabbusli byudjet jarayonining joriy yilgi 2-mavsumi 17-iyuldan (soat 10:00 dan) boshlanadi.
Qayd etilishicha, mavsum uch bosqichda o‘tkaziladi. Unga ko‘ra:
- 1-bosqich – fuqarolar tomonidan loyihalarni shakllantirish jarayonlari 17-iyuldan — 6-avgustgacha;
- 1-bosqich – loyihalarni maxsus komissiya tomonidan saralab olish jarayonlari 6-avgustdan — 26-avgustgacha;
- 1-bosqich – loyihalarga ovoz berish jarayonlari 26 avgustdan — 15-sentyabrgacha o‘tkaziladi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu mavsum uchun tuman (shahar) byudjetlari hisobidan 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilishi kutilmoqda (mazkur mablag‘lar mavsum yakuniga qadar ortib boradi).


