1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Tashabbusli byudjet” loyihasiga Face ID orqali ovoz berish tizimi joriy etiladi

Ovoz berishda tengsizlikka yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan bir qancha texnik va uslubiy yechimlar ishlab chiqilmoqda.

“Tashabbusli byudjet” loyihasiga Face ID orqali ovoz berish tizimi joriy etiladi

 

Vazirlik o‘rganishlari natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, yirik mahallalar aholi soni yuqori bo‘lganligi sababli ovoz berishda ustunlikka ega bo‘lish holatlari mavjud.

 

Ovoz berishda tengsizlikka yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, barcha mahallalar aholisi uchun loyihalarni amalga oshirishda teng imkoniyatlar yaratish maqsadida vazirlik tomonidan bir qancha texnik va uslubiy yechimlar ishlab chiqilmoqda.

 

Jumladan:

 

  • FACE ID yordamida identifikatsiya qilish mexanizmini joriy etish. Bunda, tasdiqlangan foydalanuvchilar tomonidan berilgan ovozlar SMS orqali berilgan 5 yoki 10 ovozga tenglashtirilish;
  • kam sonli aholi yashaydigan mahallalar aholisi tomonidan ilgari surilgan loyihalar uchun ko‘paytirish koeffitsiyenti joriy etish amaliyoti ko‘rib chiqiladi.

 

Bunda, kichik mahallalar loyihalariga katta mahallalar aholisi tashabbusi bilan teng sharoitlarda raqobatlashish imkoniyati yaratilishi ko‘zda tutilgan.

 

Bundan tashqari, tashabbuslar uchun ovoz berishning shaffofligi va adolatliligini taʼminlashga qaratilgan boshqa takliflar ishlab chiqilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика