Maʼlum qilinishicha, so‘nggi vaqtlarda mehnat migrantlari bank xizmatlari bilan bog‘liq turli firibgarliklarga duch kelmoqda. Xususan:
— Qarindoshlariga pul o‘tkazish payti mobil ilovadan foydalanishda mehnat migranti hisobidan pul yechib olish;
— uning nomiga yuqori foizli kreditlar rasmiylashtirish kabi muammolar uchramoqda.
“Yurtdoshlarimizdan bank xizmatlaridan, xususan, pul o‘tkazish tizimlaridan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lishni, shaxsiy maʼlumotlarni hech kimga maʼlum qilmaslikni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.


