1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatild

Uning o'rniga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tashkil etildi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatild

 

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyati tugatilib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tashkil etildi. Bu 17-oktyabr kuni qabul qilingan Prezidentning “Migratsiya jarayonlarini boshqarish tizimini isloh qilish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida belgilab qo‘yildi.

 

Farmonga ko‘ra, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi Migratsiya agentligiga o‘tkazilib uning negizida Migratsiya jamg‘armasi tashkil etiladi. Agentlik tashqi mehnat migratsiyasi sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi, davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va mazkur sohada davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

 

2025-yil 1-yanvardan:

 

  • Agentlikka xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tekshirish bilan bog‘liq nazorat tadbirlarini o‘tkazishga ruxsat etiladi;

  • Agentlik zimmasiga u tomonidan o‘tkazilgan har qanday tekshirish natijasi bo‘yicha tuzilgan bayonnomalar, aniqlangan qonun buzilishi holatlari soni va xususiyati haqidagi ma’lumotlarni majburiy tartibda 5 kunda “Xorijda ish” elektron dasturiga joylashtirib borish majburiyati yuklanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика