1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Tashqi Mehnat migratsiyasi orqali ishlashga ketgan  fuqarolar nimadan norozi?

Tashqi Mehnat migratsiyasi orqali ishlashga ketgan fuqarolar norozi.

Tashqi Mehnat migratsiyasi orqali ishlashga ketgan  fuqarolar nimadan norozi?

 

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaga Andijon Tashqi Mehnat migratsiyasi orqali ishlashga ketgan  fuqarolarning viloyat  Tashqi Mehnat migratsiyasi rahbari Ulug‘bek Yo‘ldoshevga murojaat yo‘llashgani aks etgan videolavha tarqalgan edi . 

 

Unda aytilishicha ishchilarga  oyiga 33000-50000 rubl vaʼda qilingan, biroq ular  esa kuniga 120-130 rubl (18-20 ming so‘m) dan ish haqi olishmoqda.


Agentlik tomonidan ZAMON.Uzga taqdim etilgan maʼlumotlarga ko‘ra mazkur video murojaat Rossiya Federatsiyasining Cherkessk shahridagi “Yujniy” agrokombinati korxonasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimiz tomonidan yo‘llangan. Shu oyning boshlarida yo‘llangan video xabarni o‘rganish maqsadida 14-16 iyul kunlari Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ishchi guruhi korxonaga tashrif buyurgan va ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilgan fuqarolar bilan ham uchrashgan.


O‘rganishlar natijasida mazkur korxonada 2019 yildan buyon 46 nafar samarqandlik yurtdoshlarimiz mehnat faoliyatini amalga oshirayotgani, 2021 yilda yana 109 nafar andijonlik yurtdoshlarimiz ish boshlagani maʼlum bo‘lgan.
Ish beruvchi korxona rahbariyati bilan mehnat migrantlarining yashash va mehnat sharoitlarini yaxshilash, oylik maoshlarini o‘z vaqtida berish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish bo‘yicha kelishuv dalolatnomasi rasmiylashtirilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика