1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

TATU filiali bo‘lim boshlig‘i firibgarlik ustida qo‘lga tushdi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.

TATU filiali bo‘lim boshlig‘i firibgarlik ustida qo‘lga tushdi

 

Samarqand va Qashqadaryo viloyatida o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

 

Maʼlum bo‘lishicha, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali bo‘lim boshlig‘i K.Z. fuqaro R.R.ning farzandining o‘qishini qo‘shni Tojikiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasasidan O‘zbekiston-Finlyandiya institutiga ko‘chirib berish evaziga 1600 AQSH dollari olgan.  Tezkor tadbir davomida ushbu pullar hisobidan 500 AQSH dollari qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

 

Shuningdek, departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.b. fuqaro M.Z.ni tanishlari yordamida 1 000 AQSH dollari evaziga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilib, shundan 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика