1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

"Tavakkal qilganim menga qimmatga tushdi"

Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Komiljon To‘xtayevning musobaqa taassurotlari haqida.

"Tavakkal qilganim menga qimmatga tushdi"

 

Pekin-2022 qishki O‘zbekiston sharafini tog‘ chang‘isi sport turi bo‘yicha yagona sportchimiz Komiljon To‘xtayev himoya qildi. Chang‘ichimiz dastlab gigant slalam yo‘nalishida 29-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, slalam dasturida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

 

Musobaqadagi ishtirokini Komiljon To‘xtayev qanday baholaydi? Olimpiada unga nima berdi? Shu savollar bilan sportchiga yuzlandik: 

 

“Qishki Olimpiya o‘yinlari juda qiziqarli o‘tdi. Musobaqa menda katta taassurot qoldirdi. Olimpiya o‘yinlarida o‘zimga ishonch va motivatsiya oldim. Meni ko‘plab odamlar qo‘llab-quvvatladi. Ularning iliq munosabatlari yana-da ruhlantirdi”.

 

Komiljon To‘xtayev musobaqadagi ishtiroki haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

 

“Olimpiadaga kuchli tayyorgarlik ko‘rib borgandim. Dastlab, gigant slalam dasturida o‘zim uchun juda yaxshi natijaga erishdim. Unda 87 sportchi orasida 29-pog‘onani band etdim. Ushbu natijam orqali osiyolik atletlarning barchasini ortda qoldirdim. Musobaqa oldidan muxlislarga bergan vaʼdamni bajardim. Ammo slalom dasturi muvaffaqiyatsiz o‘tdi. Mazkur bosqichda tavakkal qilganim menga qimmatga tushdi. Startni juda yaxshi boshlagandim. Biroq finishga oz qolganda xatoga yo‘l qo‘ydim”.

 

Sportchimiz keyingi musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishini aytdi.

 

“Men Pekin Olimpiadasida o‘zimni g‘olib sifatida bilaman. Sababi, eng yuqori ko‘rsatkichimni qayd etdim. Osiyoda tengsizga aylandim. Qishki Olimpiada ko‘p mablag‘ talab etadi. Tog‘ chang‘isi ham qimmat sport turlaridan biri hisoblanadi. Keyingi Olimpia o‘yinlarida yana-da yaxshiroq natija uchun kurashaman”.

 

Jamshidbek Amirov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика