1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Taxiatosh neft bazasida 8 mlrd so‘mlik kamomad aniqlandi

«O‘zenergoinspeksiya» bu bo‘yicha nazorat tadbiri o‘tlazgan.

Taxiatosh neft bazasida 8 mlrd so‘mlik kamomad aniqlandi

 

Taxiatosh neft bazasida qiymati 8 mlrd 203 mln so‘mlik dizel yonilg‘isida kamomad aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, «O‘zenergoinspeksiya» Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan “Taxiatosh neft bazasi” MCHJda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 861 ming 649 litr dizel yonilg‘isida kamomad mavjudligi aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика