Kuchli qor yog’ishi va yo’lning yuza qismida muzlamalar hosil bo’lgani sabab soat 11.00 dan boshlab “Taxtaqoracha” dovonida transportlar harakati vaqtincha to’xtatilgan edi.
FVV va tegishli tashkilotlar tomonidan profilaktik ishlar amalga oshirilib, soat 11.53 dan boshlab dovonda avtomobillar harakati qayta tiklandi.


