1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Taxtaqoracha dovoni qisqa muddatga yopildi

Mazkur hududdan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkaziladi.

Taxtaqoracha dovoni qisqa muddatga yopildi

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkaziladi. Ma’lum qilinishicha, 30-may kuni Olmaota—Bishkek—Toshkent—Shahrisabz—Termiz avtomobil yo‘lining 1135-1146-kilometridagi Taxtaqoracha dovonida Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

O‘quv mashqi rejasiga ko‘ra, ushbu avtomobil yo‘lida fuqarolar va transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida, yo‘l atrofidagi ko‘chki va tosh qulash xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda tegishli muhandislik-texnik tadbirlar amalga oshiriladi.

 

Shu munosabat bilan, mazkur avtomobil yo‘lida fuqarolar va transport vositalarini harakatlanishi qisqa muddatga cheklanadi (ikki va uch marotaba, 30 yoki 40 daqiqadan oshmagan holda) va yo‘l yopiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика