Bugun, 13-mart kuni soat 16:00 dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining “Taxtaqorcha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.
Bunga sabab: M-39 avtomobil yo‘lining “Taxtaqorcha” dovoni qismida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida avtomobil yo‘lida qisman o‘prilish yuzaga kelgan.
Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.


