1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Tehron va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yilmoqda

Qeshm Air kompaniyasi bundan avval Tehron va Samarqand o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ygandi.

Tehron va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yilmoqda

 

Qeshm Air aviakompaniyasi 9 avgustdan Tehron−Toshkent−Tehron yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarini yo‘lga qo‘yadi. Reyslar haftasiga bir marta-chorshanba kunlari amalga oshiriladi.

 

Eronning Qeshm Air aviakompaniyasi Tehron va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar qildi.

 

9 avgust kuni Tehron−Toshkent−Tehron yo‘nalishi bo‘yicha birinchi muntazam yo‘lovchi reysi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Reyslar haftasiga bir marta-chorshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilishi kutilmoqda.

 

Qeshm Air — shtab-kvartirasi Tehronda joylashgan Eron aviakompaniyasi bo‘lib, 1993 yilda tashkil etilgan hamda mahalliy va xalqaro yo‘lovchi reyslarini, shuningdek, charter reyslarini amalga oshiradi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика