Telegram asoschisi Pavel Durovning maʼlum qilishicha, messenjerdan har kuni 2,5 milliondan ortiq yangi foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tadi.
Taʼkidlanishicha, buning natijasida 2023 yilning boshidan boshlab bugungi kungacha Telegramning oylik faol foydalanuvchilari soni 800 milliondan oshgan.
"Yaxshiyamki, Telegram xarajatlarga kelganda juda samarali va biz o‘tgan yili monetizatsiyani yaxshi boshladik. Hali daromad keltirmasa ham Telegram Twitter va Snap kabi raqobatchilariga qaraganda mutlaq raqamlar bo‘yicha daromad yaxshi", — deydi Durov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu haftada Telegramning 270 million dollarlik qimmatli qog‘ozlari sotuvga chiqarillgan. Bundan maqsad Telegramning zararsizlanish nuqtasiga yetguncha davom etayotgan o‘sishini moliyalashtirish ekanligi taʼkidlangan.


