1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Temir yo‘l transportida qancha yo‘lovchi tashilgani ochiqlandi

O‘zbekistonda 2023-yilda temir yo‘l orqali yo‘lovchi tashish 113,5 foizga oshgan.

Temir yo‘l transportida qancha yo‘lovchi tashilgani ochiqlandi

 

Transport vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, respublika bo‘yicha 2023-yilning o‘tgan 5 oyi davomida (yanvar–may) temir yo‘l transportida 4,1 mln nafar yo‘lovchi tashildi.

 

Qayd etilishicha, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish surʼati 113,5 foizni tashkil etdi. Mamlakatda 2022-yilning yanvar-may oylarida temir yo‘l orqali 3,6 mln nafar yo‘lovchi tashilgan.

 

Bundan tashqari, respublika bo‘yicha yanvar-may oylari davomida temir yo‘l transporti orqali 45,1 mln tonna yuk tashilgan. Yuk tashuvlari hajmi bo‘yicha o‘sish surʼati o‘tgan yil bilan solishtirilganda 109,6 foizni tashkil etdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика