1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Termitlar Ichan Qaladagi tarixiy obidaga jiddiy zarar yetkazdi

Shuningdek, ayrim aholi xonadonlari ham bundan aziyat chekmoqda.

Termitlar Ichan Qaladagi tarixiy obidaga jiddiy zarar yetkazdi

 

Ichan Qaladagi ayrim bino va uylarga termitlar jiddiy zarar yetkazgan. Bu haqda “Mening Yurtim” telekanalidagi “Markaziy Studiya” ko‘rsatuvi  xabar berdi.

 

“Ichan Qalʼa” davlat muzey qo‘riqxonasi ilmiy xodimi Muzaffar Masharipovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda shahardagi Juma masjidi tarixiy obidasi termitlar “hujumiga uchragan”.

 

“Masjidning ayrimlariga termitlar 1 metrgacha zarar keltirgan. Hozirda ularni tutish uchun qopqonlar qo‘yilgan”, – degan ilmiy xodim.

 

Tarixiy obidalar atrofida joylashgan aholi xonadonlari ham ushbu ofatdan aziyat chekmoqda. Mahalliy aholi vakillari so‘zlariga ko‘ra, shaharda termitlar 2003 yilda aniqlangan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика