Meteo sharoitlar tufayli 3-iyul kuni Termiz shahrida soat 4:00 da chang bo‘roni boshlandi. Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi avtomatlashtirilgan stansiyalarining maʼlumotlariga ko‘ra atmosfera havosidagi mayda dispersli RM10 zarralarining miqdori 719 mkg/m3 ni tashkil etgan, bu esa ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 1,5 barobar oshib ketgan.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bugun, 3-iyul kuni Termiz shahrida ob-havo sharoitlari tufayli chang-g‘ubor hodisasi kuzatilmoqda. Havoning ifloslanishini avtomatik monitoring qilish stansiyasi maʼlumotlariga ko‘ra:
-
soat 05:00 da atmosfera havosidagi mayda dispersli RM10 zarrachalarining miqdori 1600 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 3,2 barobar oshib ketdi;
-
soat 6:00da atmosfera havosidagi mayda dispersli RM10 zarralarining miqdori 2 420 mkg/m3ni tashkil etgan, bu ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyalardan 4,8 barobar oshib ketdi;
-
soat 7:00da atmosfera havosidagi mayda dispersli RM10 zarralarining miqdori 2 820 mkg/m3ni tashkil etgan, bu ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyalardan 5,6 barobar oshib ketdi;
-
soat 8:00da atmosfera havosidagi mayda dispersli RM10 zarralarining miqdori 4 025 mkg/m3ni tashkil etgan, bu ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyalardan 8 barobar oshib ketdi;
-
soat 9:00da atmosfera havosidagi mayda dispersli RM10 zarralarining miqdori 7 363 mkg/m3ni tashkil etgan, bu ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyalardan 14,7 barobar oshib ketdi. Shamol tezligining pasayshi bilan havoda chang g‘ubor kuztilmoqda;
-
soat 10:00da atmosfera havosidagi mayda dispersli RM10 zarralarining miqdori 6 065 mkg/m3ni tashkil etgan, bu ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyalardan 12 barobar oshib ketdi.


