1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Termizda IIB xodimi nega begona ayolning uyiga kirgan?

Tarmoqda tarqalgan video yuzasidan maʼlumot berdi.

Termizda IIB xodimi nega begona ayolning uyiga kirgan?

Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohruh G‘iyosovning maʼlum qilishicha, joriy yilning 14 yanvar kuni Termiz shahrida yashovchi 27 yoshli ayol 102 raqami orqali, ko‘chada nomaʼlum fuqarolar janjal qilayotganlari haqida Termiz shahri IIBga murojaat qilgan.

 

Mazkur holatni tekshirish bo‘yicha shu kuni soat 09:30 larda voqea joyiga yetib borgan profilaktika inspektori, arizachining xonadonida tegishli tartibda hujjatlarni rasmiylashtirayotganda (shu vaqtda xonadonda ayoldan tashqari uning onasi va farzandlari bo‘lgan), tashqaridan arizachining 29 yoshli turmush o‘rtog‘i kelib, nomaʼlum sabablarga ko‘ra janjal ko‘tarib, profilaktika inspektoriga kuch ishlatgan.

 

“Hozirda fuqaroning harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergov oldi tekshiruv o‘tkazilmoqda”, deyiladi munosabatda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика