Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Termiz shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi.
Xodim Termiz shaharda subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlab olish bo‘yicha komissiyasi mas’ul kotibligidan foydalanib, fuqaroga uy-joy olish maqsadida subsidiya ajratilishi uchun yakuniy xabarnoma berish evaziga 3 mln so‘m pora talab qilib, muqaddam 1 mln so‘mini olib, qolgan 2 mln so‘mini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


