1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Terroristik tashkilot g‘oyalarini tarqatgan 3 nafar shaxs ushlandi

Ulardan biri muqaddam qamalib chiqqan.

Terroristik tashkilot g‘oyalarini tarqatgan 3 nafar shaxs ushlandi

 

Yangiyo‘l tumanida yashovchi 1998-yilda tug‘ilgan M.M. Instagram‘da ekstremistik va terroristik oqim g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi shaxslarning “jihod” va “hijrat”ga daʼvat qiluvchi maʼruza va videoroliklar tarqatib kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Matbuot xizmati maʼlum qildi.

 

Xususan, ushbu tumanda yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan A.B. 2018-2020 yillarda Turkiya davlatiga borib, u yerda “Tavhid va jihod” terroristik tashkilotining “Tavhid va Sunnat” nomli madrasasida diniy taʼlim olgani, yashash manziliga qaytib kelgach, Telegram orqali ekstremistik va terroristik oqim g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi turli diniy mazmundagi materiallarni tarqatib kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

 

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan va yehtiyot chorasi sifatida “qamoq” jazosi tanlanib, jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIBning xabar berishicha, ushbu viloyatda ham "Hizb ut-Tahrir" diniy ekstremistik tashkiloti faoliyatini targ‘ib qilgan shaxs aniqlandi.

 25 iyul kuni Xo‘jaobod tumanida yashovchi O‘zbekiston fuqarosi, ilgari qamalgan R.M. Facebook‘da profil yaratib, ushbu profili orqali   O‘zbekistonda faoliyati taqiqlangan "Hizb ut-Tahrir" DETning g‘oyalarini ilgari suruvchi video materiallarni profiliga joylashtirish orqali o‘zining do‘stlar sahifasidagi 187 nafar sayt foydalanuvchilariga tarqatib kelganligi aytilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan XJKning 244-1 moddasi, 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика