Twitter‘ni yaqinda qo‘lga kiritgan SpaceX va Tesla asoschisi ijtimoiy tarmoq bo‘yicha rejalarini oshkor qildi. Bu haqda Ilon Maskning investorlar uchun taqdimotiga tayanib, New York Times xabar qildi.
O‘tgan yili kompaniyaning daromadi 5 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lib, milliarder 2028 yilgacha Twitter‘ning yillik daromadini 26,4 milliard dollargacha oshirishni maqsad qilgan.
Shuningdek, Mask ijtimoiy tarmoqning reklama daromadiga bog‘liqligini kamaytirmoqchi ekanini maʼlum qilgan. Uning fikricha, 6 yildan so‘ng Twitter foydalanuvchilari soni 931 millionni tashkil etadi.


