Tesla gaz pedali bilan bog‘liq muammolar tufayli 3878 ta Cybertruck pikaplarini qaytarib oladi.
Avtomashinadagi ushbu muammo 17-aprel kuni AQSH Milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining hisobotida aytib o‘tilgan.
Endi kompaniya 2023-yil-noyabrdan beri sotilgan barcha Cybertruck rusumli transport vositalarini qaytarib oladi. Yuzaga kelgan nosozlik bepul bartaraf etiladi.
Shuningdek, 2024-yil 17-apreldan keyin ishlab chiqarilgan barcha avtomobillardagi nuqson tuzatiladi.


