Test-drayv chog‘ida avtoboshqaruv tizimiga o‘tkazilgan Tesla avtomobili ketma-ket uch marta bolaning maketiga urildi.
Soatiga 40 kilometr tezlikda harakatlanayotgan avtomobil Kaliforniyadagi xalqaro avtomagistralning konus shaklidagi qismidan o‘tdi, biroq jarayon oxirida sinovchilar mashina qarshisiga bolalar qo‘g‘irchog‘ini o‘rnatdilar. Avomobil esa uch urinishda ham to‘xtamadi va maketni urib ketdi.
Natijada “The Dawn Project” asoschisi muammo bartaraf etilmaguncha mashinadan oddiy yo‘llarda foydalanish mumkin emasligini ta’kidladi.


